Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) ushbu Kodeksning 521¹⁶-moddasida belgilangan qoidalar bo'yicha ko'rib chiqiladi.
Taftish instantsiyasi sudi ishni birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instantsiyasi sudlarining ajrimlari ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) bo'yicha ko'rib chiqish natijalariga ko'ra quyidagilarga haqli:
1) birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instantsiyasi sudlarining ajrimlarini o'zgarishsiz, xususiy shikoyatni, xususiy protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instantsiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni yangidan sudda ko'rib chiqish uchun yuborishga;
3) birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instantsiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar bo'yicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni o'tkazish uchun prokurorga yuborishga;
4) birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instantsiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va amnistiya aktini qo'llashga;
5) birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instantsiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;
6) birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instantsiyasi sudining xususiy ajrimini bekor qilishga;
7) birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instantsiyasi sudlarining ajrimlarini o'zgartirishga.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
521¹⁸-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.