Jinoyat ishi ko'p mehnat talab etsa, juda murakkab yoki o'ta dolzarb bo'lsa, prokuror yoki tergov bo'linmasining boshlig'i shu ish bo'yicha dastlabki tergov yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan tergov guruhiga topshirishi mumkin. Bunday topshiriq haqida qaror chiqarilishi lozim bo'lib, unda tergov guruhining rahbari va a'zolari ko'rsatiladi. Basharti dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish to'g'risidagi qaror jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risidagi qaror bilan ayni bir vaqtda qabul qilingan bo'lsa, ikkala masala bir qarorning o'zida bayon etiladi. Guruh tarkibida o'zgarishlar bo'lganda va guruh rahbari o'zgartirilganda ham qaror chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
354-modda. Dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.