Jinoyat-protsessual kodeksi

355-modda. Tergovchilar guruhi rahbarining vakolatlari

(355-модда иккинчи қисмининг 5-банди Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Guruh rahbari bo'lgan tergovchi jinoyat ishini o'z yuritishiga qabul qilib oladi va dastlabki tergovning umumiy yo'nalishi va pirovard natijasi uchun, shuningdek jinoyat protsessining shu bosqichida bajariladigan har bir harakat va qarorning qonuniy hamda asoslangan bo'lishi uchun to'la javobgar bo'ladi. Guruh rahbari bo'lgan tergovchi: 1) ishni o'zi rahbarlik qilayotgan tergovchilarga taqsimlab beradi, ularning har biri bajaradigan ish qismi yoki tergov yo'nalishini belgilaydi, ayrim tergov harakatlari bajarishni topshirib, ularni ijro etish muddatini belgilaydi; 2) shaxsan o'zi tergov harakatlarini bajaradi va rahbarligi ostidagi tergovchilar o'tkazayotgan ayrim tergov harakatlarida ishtirok etadi; 3) qarorlar chiqaradi, shu jumladan shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risida iltimosnomalar qo'zg'atish, ishni to'la yoki uning biror qismini tugatish yoxud to'xtatish haqida qarorlar chiqaradi; 4) prokurorning ko'rsatmalari ijro etilishini ta'minlaydi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni o'z e'tirozlari bilan birga yuqori turuvchi prokurorga yuboradi; 5) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tergov harakatlarini yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini olib borish to'g'risida topshiriqlar va ko'rsatmalar beradi, shuningdek ulardan tergovchilar bajarayotgan tergov harakatlarini o'tkazishda yordam berishni talab qiladi, o'z topshiriqlari, ko'rsatmalari, talablari bajarilishi ustidan nazorat qilib boradi; 6) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralari to'g'risida taqdimnomalar yuboradi; 7) ayblov xulosasini tuzadi yoki tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash uchun ishni sudga yuborish to'g'risida qaror chiqaradi va tasdiqlash uchun ularni ish bilan birga prokurorga yuboradi yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish to'g'risida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.