Tergovchi jinoyat ishidagi barcha ma'lumotlarni yoki uning muayyan qismidagi ma'lumotlarni oshkor qilinmaydigan deb e'tirof etishga haqli. Ana shu asosda u tergov harakatlarida ishtirok etayotgan yoki tergov harakatlarini bajarishda hozir bo'lgan yoxud tergov materiallari bilan tanishayotgan shaxslardan ularning zimmasiga ishda mavjud bo'lgan ma'lumotlarni uning ruxsatisiz oshkor qilmaslik to'g'risida majburiyat yuklatilgani haqida tilxat olishi mumkin. Tilxatda, shuningdek mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga binoan javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.
Ishdagi ma'lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati gumon qilinuvchi va ayblanuvchi zimmasiga yuklanishi mumkin emas.
Himoyachining ishdagi ma'lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati uning gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan bo'ladigan suhbatiga taalluqli emas.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
353-modda. Jinoyat ishidagi ma'lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati
(353-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 31 декабрдаги ЎРҚ-198-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 52-сон, 514-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.