Giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasini amalga oshirish bilan bog'liq faoliyatga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish yo'li bilan homiylik qilish yoxud bunday faoliyat fosh bo'lishining oldini olish maqsadida xizmat faoliyati yuzasidan o'ziga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar haqida xabar berish, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) takroran;
b) tamagirlik niyatida sodir etilgan bo'lsa;
v) odam o'limiga;
g) boshqa og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lsa, —
sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) odamlar o'limiga sabab bo'lsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) g'ayriqonuniy narkolaboratoriya faoliyatini tashkil etish bilan bog'liq holda sodir etilgan bo'lsa, —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab;
b) ko'p miqdordagi giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi bilan bog'liq holda;
v) ikki yoki undan ortiq g'ayriqonuniy narkolaboratoriyalar faoliyatini tashkil etish bilan bog'liq holda sodir etilgan bo'lsa, —
o'n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
276³-modda. Giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning yoki ularning analoglarining yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.