Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini yoki kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni iste'mol qilish yoxud tarqatish uchun bangixona tashkil qilish yoki saqlash, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 276¹, 276³ — 276⁸-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
sakkiz yildan o'n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
276²-modda. Bangixona tashkil qilish yoki saqlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.