Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash yoki qayta ishlash uchun g'ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish yoki saqlash, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 276 va 276² — 276⁸-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar:
a) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab;
b) ikki yoki undan ortiq g'ayriqonuniy narkolaboratoriyalar tashkil etgan holda sodir etilgan bo'lsa, —
o'n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o'z ixtiyori bilan aybini bo'yniga olish to'g'risida hokimiyat organlariga arz qilsa, chin ko'ngildan pushaymon bo'lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo'lsa, jazodan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
276¹-modda. G'ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.