Kontrabanda, ya'ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o'xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo'li bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli ta'sir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog', o'qotar qurolni, o'q-dorilarni yoki o'qotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoxud ularning analoglarini yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ'ib qiluvchi materiallarni O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o'tkazish —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg'in qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo'lgan material va moslamalarni, radioaktiv materiallarni, shuningdek giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ko'p miqdorda kontrabanda qilish —
o'n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
246-modda. Kontrabanda
(246-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.