Уголовный кодекс

247-modda. O'qotar qurolni, o'q-dorilarni, o'qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash

(247-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)

O'qotar qurolni, o'q-dorilarni, o'qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini o'g'rilik yoki firibgarlik yo'li bilan egallash — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakat: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) o'zlashtirish, rastrata qilish yoxud mansab mavqeini suiiste'mol qilish yo'li bilan; g) talonchilik; d) tamagirlik yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakat: a) bosqinchilik yo'li bilan; b) o'ta xavfli retsidivist tomonidan; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, — o'n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Qonunga xilof ravishda o'qotar qurol, o'q-dorila, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini o'g'rilik, firibgarlik orqali o'ziga olish. Bu juda xavfli jinoyat, chunki bunday narsalar odamlarni jarohatlashi yoki o'ldirishi mumkin. Kimga tegishli Bu qonun barcha fuqarolar va shaxslarga tegishli bo'lib, bunday narsalarni qonunga xilof ravishda egallash mumkin emas. Amalda Agar biror kishi harbiy qismdan o'q-dorila o'g'irlasa yoki qurol sotib olish uchun yolg'on hujjat tayyorlasa, bu 247-modda bo'yicha jinoyat hisoblanadi. Birinchi marta qilgan bo'lsa 3 yilgacha, agar guruh bilan yoki bosqinchilik bilan qilsa 10-20 yil ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Jinoyat to‘g‘risida arizaIIB yoki prokuraturaga: o‘g‘irlik, firibgarlik, tan jarohati va boshqalar.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.