Garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilish sharti bilan davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat sodir etishdan o'zini tiyib turishni talab qilish maqsadida shaxsni garov tariqasida tutqunlikka olish yoki tutqunlikda ushlab turish, ushbu Kodeksning 155, 165-moddalarida nazarda tutilgan alomatlar bo'lmasa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa;
v) og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lsa, —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
245-modda. Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish
(245-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2001 йил 29 августдаги 254-II-сон Қонуни таҳририда — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2001 й., 9-10-сон, 165-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.