Уголовный кодекс

244-modda. Ommaviy tartibsizliklar

(244-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1051-сонли Қонунига асосан учинчи, тўртинчи ва бешинчи қисмлар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2025 й., 03/25/1051/0278-сон)

Ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo'ravonlik qilishga omma oldida da'vat qilish — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; b) ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, Internet jahon axborot tarmog'idan, shuningdek matnni ko'paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to'rt yuz baravarigacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shaxsning ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o'quvdan o'tishi, shu jumladan ommaviy tartibsizliklarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va ko'nikmalarini egallashi, o'quv chog'ida qurol-yarog', portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tug'diradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini o'rganishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo'rqitib shaxsga nisbatan zo'rlik ishlatish, qirg'in solish, o't qo'yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko'rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilish yoxud ushbu faoliyatni moliyalashtirish, xuddi shuningdek ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish, — o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u o'quvdan o'tganligi to'g'risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday o'quvdan o'tgan, o'quvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek o'quv o'tkazilgan joyni aniqlashga faol ko'maklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud bo'lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

NIMANI ANGLATADI 244-modda ommaviy tartibsizliklarga da'vat qilish va ularni tashkil qilishni jinoyat deb belgilaydi. Bu shunday harakatlarki, ular ko'pchilik odamlarni to'plashga, tartibsizlik sodir etishga va zo'ravonlik qilishga undaydi. Ommaviy tartibsizlik — bu bir nechta odamlar birgalikda qilgan xavfli va qonunga zid harakat. KIMGA TEGISHLI Bu modda ommaviy tartibsizliklarga da'vat qilgan, ularni tashkil qilgan, moliyalashtirgan va faol qatnashgan barcha shaxslarga tegishli. AMALDA Masalan, kimdir ijtimoiy tarmoqda ommaviy tartibsizlik sodir etishga chaqirsa va bu xabar ko'pchilikka yetsa, u 244-moddaga javob beradi. Agar bu chaqiruv qurol ishlatish bilan bog'liq bo'lsa, jazo yanada og'ir bo'ladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Jinoyat to‘g‘risida arizaIIB yoki prokuraturaga: o‘g‘irlik, firibgarlik, tan jarohati va boshqalar.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.