Jinoyat kodeksi

243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish

(243-модда Ўзбекистон Республикасининг 2009 йил 22 сентябрдаги ЎРҚ-223-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2009 й., 39-сон, 423-модда)

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, ya'ni mulk (pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo'lsa, uni o'tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo'li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, xuddi shuningdek bunday pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko'chirish usulini, pul mablag'lariga yoki boshqa mol-mulkka bo'lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash, — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.