Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish —
besh yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lsa;
b) voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda sodir etilgan bo'lsa, —
o'n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti shaxs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi to'g'risida o'z ixtiyori bilan xabar qilgan va jinoyatni ochishga yordam bergan bo'lsa, u ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
244²-modda. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish
(244²-модда иккинчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 25 апрелдаги ЎРҚ-405-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2016 й., 17-сон, 173-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.