Agar apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan so'ng uning imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan yoxud mansab mavqei yoki familiyasi va ismi, otasining ismi ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldiradi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish to'g'risida sud tomonidan ajrim chiqarilib, uning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish uchun asos bo'lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
272-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rmasdan qoldirish
(272-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.