Экономический процессуальный кодекс

271-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to'xtatib turish

Apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati o'tkazib yuborilgan holda berilganda va ushbu muddatni tiklash to'g'risidagi iltimosnoma qanoatlantirilganda, apellyatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko'ra to'xtatib turishga haqli. Hal qiluv qarorining ijrosini to'xtatib turish yoki uning ijrosini to'xtatib turishni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda ko'rsatiladi. Hal qiluv qarorining ijrosi apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sud hujjati qabul qilingunga qadar bo'lgan muddatga to'xtatib turiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Apellyatsiya shikoyatiSud qarori ustidan yuqori instansiyaga; muddatni o‘tkazib yubormang.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.