Экономический процессуальный кодекс

273-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish

(273-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan ajrim ustidan berilgan va u apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa; 2) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan xatoga yo'l qo'yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo'lsa; 3) apellyatsiya shikoyati sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa; 4) apellyatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan so'ng shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish to'g'risida ariza kelib tushgan bo'lsa; 5) apellyatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan so'ng protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish to'g'risida ariza kelib tushgan bo'lsa; 6) apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo'lgan yuridik shaxs tugatilgan bo'lsa; 7) apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo'lgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo'l qo'ymasa. Agar apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instantsiya sudida ko'rib chiqish predmeti bo'lmagan yangi talablar bildirilgan bo'lsa, apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatining (protestining) bu talablarga taalluqli qismi bo'yicha ish yuritishni tugatadi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risida sud ajrim chiqaradi, uning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo'yicha apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Apellyatsiya shikoyatiSud qarori ustidan yuqori instansiyaga; muddatni o‘tkazib yubormang.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.