Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellyatsiya shikoyatining (protestining) ko'chirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining ko'chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni apellyatsiya shikoyati (protesti) ko'rib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini ta'minlaydigan muddatda, apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga bo'lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrga avval taqdim etilmagan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Bu holda yozma fikrga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
270-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
(270-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.