Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) arizachi tan olish va ijroga qaratishni so'rayotgan chet davlat sudining hal qiluv qarori yoki uning chet davlatning yoki O'zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan ko'chirma nusxasi;
2) agar hal qiluv qarori matnining o'zida ko'rsatilmagan bo'lsa, hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
3) hal qiluv qarori qisman ijro etilganligi to'g'risidagi hujjat, agar u tegishli chet davlat hududida ilgari ijro etilgan bo'lsa;
4) o'ziga qarshi hal qiluv qarori qabul qilingan va sud protsessida ishtirok etmagan taraf ishni ko'rish vaqti hamda joyi to'g'risida o'z vaqtida va tegishli tartibda xabardor qilinganligini anglatuvchi hujjat;
5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat;
6) chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaning ko'chirma nusxasi qarzdorga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;
7) agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
8) agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu moddaning 1 — 5-bandlarida ko'rsatilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
251-modda. Chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.