Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ariza yozma shaklda beriladi va u arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolangan bo'lishi kerak.
Arizada quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) chet davlat sudining yoki arbitrajining nomi va joylashgan yeri hamda uning tarkibi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) arizachi tan olish va ijroga qaratishni so'rayotgan chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori to'g'risidagi ma'lumotlar;
5) arizachining chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi iltimosnomasi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.
Arizada arizachi yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
250-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuni
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.