Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) chet el arbitrajining hal qiluv qarori yoki uning chet davlat yoki O'zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan ko'chirma nusxasi;
2) arbitraj muhokamasi to'g'risidagi bitimning asli yoki uning chet davlatning yoki O'zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan ko'chirma nusxasi;
3) hal qiluv qarori qisman ijro etilganligi to'g'risidagi hujjat, agar u ilgari tegishli chet davlat hududida ijro etilgan bo'lsa;
4) o'ziga qarshi hal qiluv qarori qabul qilingan va protsessda ishtirok etmagan taraf ishni ko'rish vaqti hamda joyi to'g'risida o'z vaqtida va tegishli tartibda xabardor qilinganligini anglatuvchi hujjat;
5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat;
6) chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaning ko'chirma nusxasi qarzdorga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;
7) agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
8) agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu moddaning 1 — 5-bandlarida ko'rsatilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
252-modda. Chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.