Экономический процессуальный кодекс

153-modda. Da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo'zg'atish

Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilishi va ish qo'zg'atishi shart. Sudya ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan da'vo arizasini, agar da'vo arizasiga davlat bojini to'lashni kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash to'g'risidagi yoki da'vogarda mavjud bo'lmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi tegishli iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo'lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo'zg'atishga haqli. Sudyaning ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda asoslantirilgan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.