Sudya da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga o'tkazish haqidagi masalani da'vo arizasi sudga kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.
Da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud da'vo arizasini sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga o'tkazish to'g'risida ajrim chiqariladi, ajrimning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Sudga taalluqliligiga ko'ra fuqarolik ishlari bo'yicha suddan yoki ma'muriy suddan da'vo arizasi (ariza) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya da'vo arizasi (ariza) ushbu Kodeksning 149, 150 va 151-moddalarida ko'rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay da'vogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to'g'risida xabardor qiladi va unga buning uchun o'n kundan oshmaydigan muddat beradi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
152-modda. Da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi masalani hal etish
(152-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.