Экономический процессуальный кодекс

154-modda. Da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etish

(154-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 октябрдаги ЎРҚ-1089-сонли Қонунига асосан 5²-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.10.2025 й., 03/25/1089/0953-сон)

Sudya da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari bo'yicha sudga yoki ma'muriy sudga taalluqli bo'lmasa; 2) ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ishni yuritishni tugatish to'g'risida ajrimi yoxud fuqarolik ishlari bo'yicha sudning hal qiluv qarori yoki kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risida ajrimi bo'lsa; 3) iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari bo'yicha sudning, hakamlik sudining, arbitraj sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar o'rtasida, ayni bir predmet to'g'risida va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo'lsa; 4) ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bo'lsa, bundan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno; 4¹) ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan arbitrajning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa, bundan iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etgan hollar mustasno; 5) ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish to'g'risida chiqarilgan ajrim bo'lsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni ko'rib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno. 5¹) ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan arbitraj muhokamasini tugatish to'g'risida chiqarilgan ajrim mavjud bo'lsa, bundan arbitraj sudida ushbu nizoni ko'rib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli arbitraj muhokamasi tugatilganligi holati mustasno; 5²) sudning ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ajrimi mavjud bo'lsa. Da'vo arizasini qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, da'vo arizasi sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.