Экономический процессуальный кодекс

151-modda. Da'vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar

(151-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)

Da'vo arizasiga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi: 1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini; 2) da'vo arizasining ko'chirma nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar javobgarga va uchinchi shaxslarga yuborilganligini; 3) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa; 4) da'vo talablariga asos bo'lgan holatlarni; 5) da'vogarning yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tganligini; 6) da'vo arizasini imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan bo'lsa. Shartnoma tuzishga majbur etish to'g'risidagi da'vo arizasiga shartnoma loyihasi ham ilova qilinadi. Investitsiyaviy nizolar bo'yicha da'vo arizasiga investitsiya shartnomasining ko'chirma nusxasi, yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog'liq da'vo arizasiga esa uning yirik investorligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi. Sudlovga tegishlilik taraflarning kelishuviga ko'ra o'zgartirilgan, shu jumladan eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlangan taqdirda, da'vo arizasiga taraflarning bunday kelishuvi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.