Sudya ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha, shuningdek agar bildirilgan talab ushbu Kodeksning 135-moddasida nazarda tutilmagan bo'lsa, sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Sudya arizani qabul qilishni rad etish haqida ushbu ariza kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Arizani qabul qilish bildirilgan talab ushbu Kodeksning 135-moddasida nazarda tutilmaganligi asosida rad etilganligi kreditorning ushbu talab bo'yicha umumiy tartibda da'vo taqdim etish imkoniyatiga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
140-modda. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qabul qilishni rad etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.