Chet davlat huquqi normalarini qo'llashda sud ushbu normalarning mazmunini ularning tegishli chet davlatda sharhlanishiga va amalda qo'llanilishiga muvofiq holda aniqlaydi.
Chet davlat huquqi normalari mazmunini aniqlash maqsadida sud ko'maklashishni va tushuntirib berishni so'rab, O'zbekiston Respublikasining hamda chet davlatlarning vakolatli organlariga yoki tashkilotlariga belgilangan tartibda murojaat qilishi yoxud ekspertlarni jalb etishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar talablariga yoki e'tirozlariga asos qilib keltirayotgan chet davlat huquqi normalari mazmunini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi va ushbu normalarning mazmunini aniqlashda iqtisodiy sudga boshqacha tarzda ko'maklashishi mumkin.
Agar ko'rilgan choralarga qaramay, chet davlat huquqi normalarining mazmuni aniqlanmasa, iqtisodiy sud O'zbekiston Respublikasining tegishli huquq normalarini qo'llaydi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
14-modda. Chet davlat huquqi normalarini qo'llash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.