Sudya sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) ariza ushbu Kodeksning 136-moddasida belgilangan talablarga rioya qilmagan holda berilgan bo'lsa;
2) ariza imzolanmagan bo'lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs yoxud mansab mavqei yoki familiyasi, ismi, otasining ismi ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa;
3) bildirilgan talabni tasdiqlovchi, shuningdek ushbu Kodeksning 138-moddasida sanab o'tilgan hujjatlar taqdim etilmagan bo'lsa;
4) qarzdorga arizaning ko'chirma nusxasi topshirilganligiga doir dalillar taqdim etilmagan bo'lsa;
5) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo'lsa, davlat boji to'lashni kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa;
6) mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo'lsa;
7) sud buyrug'i berilguniga qadar kreditordan arizani qaytarib olish to'g'risida ariza tushgan bo'lsa.
Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani ushbu modda birinchi qismining 1 — 6-bandlari asosida qaytarish haqida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu modda birinchi qismining 7-bandi asosida esa sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qaytarish haqidagi ariza kelib tushgandan keyingi kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qaytarish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizaning qaytarilishi yo'l qo'yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ushbu ariza bilan sudga umumiy tartibda ikkinchi marta murojaat etishga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnЭкономический процессуальный кодекс
141-modda. Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qaytarish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.