«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

40-modda. Ijro ishi yuritish qo'zg'atilganidan keyin ijro hujjatlarini qaytarish

(40-модда биринчи қисмининг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)

Ijro hujjatlarida ko'rsatilgan undiruv (talab) amalga oshirilmagan yoki qisman amalga oshirilgan bo'lsa, bunday ijro hujjatlari quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi: 1) undiruvchining arizasiga ko'ra; 2) agar qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoxud banklar yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul mablag'lari hamda boshqa qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni olish mumkin bo'lmasa, bundan ushbu Qonunda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish nazarda tutilgan hollar, shuningdek Majburiy ijro byurosining Majburiyatlar reyestri ma'lumotlarini vaqtincha saqlash yagona elektron bazasida (bundan buyon matnda Majburiyatlar reyestri deb yuritiladi) saqlanayotgan ijro hujjatlari mustasno; 3) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulki yoki daromadlari bo'lmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qonunda yo'l qo'yiladigan doirada ko'rilgan barcha choralar natijasiz bo'lsa, bundan Majburiyatlar reyestrida saqlanayotgan ijro hujjatlari mustasno; 4) agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini o'ziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni o'ziga olish to'g'risidagi davlat ijrochisining taklifi bo'yicha o'z qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan bo'lsa; 5) agar undiruvchi o'z harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilayotgan bo'lsa, shu jumladan ijro hujjatida ko'rsatilgan, qarzdordan olib qo'yilgan muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa. Ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha undiruvni amalga oshirish mumkin bo'lmagan taqdirda, davlat ijrochisi bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi, dalolatnomani katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha undiruvni amalga oshirish mumkin bo'lmagan taqdirda, davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlaydi va ijro hujjati bo'yicha ma'lumotlar Majburiyatlar reyestriga kiritilib, bir vaqtning o'zida bu haqda undiruvchi, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ xabardor qilinadi. Ijro hujjati Majburiyatlar reyestridan chiqarib tashlanganda byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha boqimanda qarzdorlik undirilishini nazarda tutuvchi ijro hujjati davlat soliq xizmati organiga, davlat daromadiga o'zga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa tegishincha ushbu hujjatni bergan sudga yoki boshqa organga qaytariladi. Ijro hujjatining undiruvchiga qaytarilishi mazkur hujjatni ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan muddat doirasida yangidan ijroga topshirish uchun to'siq bo'lmaydi. Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko'rsatilgan asos bo'yicha qaytarilganda, undiruvchiga ushbu Qonunning 76-moddasida nazarda tutilgan bo'nak badali to'liq qaytariladi. Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 4 va 5-bandlarida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha qaytarilgan hollarda bo'nak badalining qaytarilayotgan ijro hujjatini ijro etish yuzasidan davlat ijrochisi qilgan xarajatlardan ortiqcha qismigina qaytariladi. Undiruvchiga ijro hujjati va bo'nak badalini qaytarish to'g'risida davlat ijrochisi tomonidan katta davlat ijrochisi tasdiqlaydigan qaror chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.