«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

4-modda. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ijro harakatlarining ta'minlanishi

(4-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-762-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2022 й., 03/22/762/0290-сон)

Agar undiruvchi bankda yoki boshqa kredit tashkilotida qarzdorning hisobvaraqlari mavjudligi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lsa, pul mablag'larini undirish to'g'risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari bayon etilgan ijro hujjatini undiruvchi bevosita ana shu bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga yuborishi mumkin. Qarzdorning hisobvaraqlari bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi bank yoki boshqa kredit tashkiloti ijro hujjati olingan kundan e'tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay ijro hujjatida bayon etilgan pul mablag'larini undirish to'g'risidagi talablarni ijro etadi yoxud qarzdorning hisobvaraqlarida undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag'i yo'qligi sababli ko'rsatilgan talablar to'la yoki qisman ijro etilmaganligini qayd etib qo'yadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan talablarni bajarmaslik sudning qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va miqdorda bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga jarima solishi uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.