Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tamomlanadi:
ijro hujjati amalda ijro etilganda;
yig'ma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlaridagi undiruv to'g'risidagi talablar bir yoki bir nechta solidar javobgar qarzdor hisobidan amalda ijro etilganda;
ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga binoan ijro etilmasdan qaytarilganda;
ijro hujjati ushbu Qonunning 40-moddasida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha qaytarilganda;
ijro hujjati ijro etish uchun ushbu Qonun 25-moddasining to'rtinchi qismiga muvofiq boshqa davlat ijrochisiga yuborilganda;
ijro hujjati ijro etish uchun tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga, tugatish boshqaruvchisiga) yoki moliyaviy boshqaruvchiga yuborilganda.
Ijro ishi yuritish tamomlanganda davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Ijro ishini yuritishni tamomlash to'g'risidagi qarorda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qo'yilishi lozim bo'lgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar, shu jumladan O'zbekiston Respublikasidan chiqishga oid cheklovlar va qarzdorning o'z mol-mulkiga bo'lgan huquqlariga doir cheklovlar bekor qilinadi, bundan Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari bo'yicha ijro ishini yuritish mustasno.
Ijro ishi yuritish ushbu Qonunning 25-moddasi asosida boshqa davlat ijrochisiga yuborilishi munosabati bilan tamomlanayotganda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qo'yilishi lozim bo'lgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar bekor qilinmaydi. Mazkur vakolatlar ijro ishi yuritish yuborilgan davlat ijrochisiga o'tadi.
Davlat ijrochisi qarorining ko'chirma nusxalari u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga yuboriladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qo'yilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu cheklovlarning bekor qilinganligi to'g'risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ijro ishi yuritish tamomlanganidan so'ng davlat ijrochisi qarzdordan ijro yig'imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni hamda ijro xarajatlarini undirish to'g'risida ilgari chiqarilgan va ijro etilmagan qarorlarning ijrosini davom ettiradi. Bunda qarzdorga nisbatan ijro ishi yuritish jarayonida belgilangan cheklovlar mazkur qarorlar ijrosi uchun zarur bo'lgan miqdorda saqlab qolinadi. Ijro ishi yuritish tamomlangan taqdirda, ijro yig'imi faqat ijro hujjatining majburiy tartibda ijro etilgan qismi bo'yicha undiriladi, nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bundan mustasno.
Ijro ishi yuritish, ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra tamomlanganda ijro hujjatining asl nusxasi, boshqa hollarda esa ijro hujjatining ko'chirma nusxasi ijro ishi yuritish materiallarida qoladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
41-modda. Ijro ishi yuritishni tamomlash
(41-модда биринчи қисмининг еттинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.