«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

22-modda. Ijro ishi yuritishda rad qilish

(22-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 30 июлдаги ЎРҚ-551-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.07.2019 й., 03/19/551/3493-сон)

Agar davlat ijrochisi, tarjimonlar va mutaxassislar taraflarning, ular vakillarining yoki ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning qarindoshlari bo'lsalar yoxud ijro ishi yuritish natijasidan manfaatdor bo'lsalar yoki ularning beg'arazligiga shubha tug'diradigan boshqa holatlar mavjud bo'lsa, ular ijro ishi yuritishda ishtirok etishi mumkin emas va ular rad qilinishi lozim. Rad qilish uchun holatlar mavjud bo'lsa, rad qilish talablari tatbiq etiladigan shaxs o'zini o'zi rad qilishi shart. Xuddi shu asoslar bo'yicha undiruvchi, qarzdor yoki ularning vakillari mazkur shaxsni rad qilishlari mumkin. Rad qilish asoslangan bo'lishi, yozma ravishda bayon etilishi va ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanguniga qadar ma'lum qilinishi kerak, rad qilish uchun asoslar mavjudligi ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanganidan keyin ma'lum bo'lib qolgan hollar bundan mustasno. Tarjimon va mutaxassisni rad qilish to'g'risidagi masalani davlat ijrochisi hal qiladi. Davlat ijrochisi tarjimon va mutaxassisni rad qilish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish natijalariga muvofiq asoslangan qaror chiqaradi, qaror katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat ijrochisini rad qilish to'g'risidagi masalani katta davlat ijrochisi hal qiladi. Katta davlat ijrochisini rad qilish to'g'risidagi masalani katta davlat ijrochisining o'zi hal qiladi. Davlat ijrochisini rad qilish to'g'risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan ijro hujjati katta davlat ijrochisi tomonidan boshqa davlat ijrochisiga o'tkaziladi yoki katta davlat ijrochisi ijro hujjatini o'z ish yurituviga oladi. Katta davlat ijrochisini rad qilish to'g'risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan boshqa davlat ijrochisiga o'tkaziladi. Davlat ijrochisini rad qilish qanoatlantirilmaganligi ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.