Fuqarolik protsessual kodeksi

95-modda. Ekspertiza

(95-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 3 августдаги ЎРҚ-786-сонли Қонунига асосан олтинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.08.2022 й., 03/22/786/0705-сон)

Ish muhokamasi chog'ida kelib chiqqan, fan, texnika, san'at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga yoki o'z tashabbusiga ko'ra ekspertiza tayinlashi mumkin. Ekspertiza sudda o'tkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa yoxud tekshiriladigan buyumni sudga keltirishning imkoni bo'lmasa yoki keltirish qiyin bo'lsa, suddan tashqarida amalga oshiriladi. Ekspertiza tayinlash to'g'risidagi sud ajrimida qanday masalalar bo'yicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza o'tkazish kimga topshirilayotganligi ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Ekspertlar tayinlanayotganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini inobatga oladi. Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bosh tortgan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur bo'lgan materiallar hamda hujjatlarni taqdim etmaganda va boshqa hollarda, agar ish holatlariga ko'ra va mazkur tarafning ishtirokisiz ekspertiza o'tkazish imkoniyati bo'lmasa, sud qaysi taraf ekspertizadan bosh tortayotganligidan, shuningdek bu taraf uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab, aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan faktni aniqlangan yoki rad etilgan deb topishi mumkin. Ishonch bildiruvchi shaxsning roziligi bilan advokat shartnoma asosida ekspertiza o'tkazilishiga doir advokat so'rovini davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga yuborishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.