Ashyoviy dalillar sudning ajrimiga binoan ishga qo'shib qo'yiladi va ishda saqlanadi yoki alohida ro'yxat qilinib, sudning ashyoviy dalillar saqlanadigan xonasiga topshiriladi.
Sudga keltirib bo'lmaydigan ashyolar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflangan, muhrlangan, zarur hollarda esa foto- yoki videosuratga olingan bo'lishi kerak.
Sud, saqlovchi ashyoviy dalillarni o'zgarmas holatda saqlash choralarini ko'radilar.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari taraflar o'rtasida, ushbu Kodeksning 138-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Ashyoviy dalillar kimdan olingan bo'lsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin o'sha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyoviy dalillarga kimning huquqi bor deb topgan bo'lsa, o'sha shaxslarga beriladi.
Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni ko'zdan kechirganidan va tekshirganidan keyin, basharti ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berish haqida iltimosnoma taqdim etgan bo'lsa va bunday iltimosnomani qanoatlantirish ishni ko'rib chiqish hamda hal qiluv qarorini ijro etish uchun zarar keltirmasa, ular kimdan olingan bo'lsa, o'sha shaxslarga ish tamom bo'lguniga qadar qaytarib berilishi mumkin.
Qonun bo'yicha fuqarolarning egaligida turishi mumkin bo'lmagan narsalar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
94-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.