Qo'shimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi bo'shliqlar o'rnini to'ldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan o'tkaziladi.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning to'g'riligiga shubha tug'ilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani o'tkazishning protsessual qoidalari jiddiy ravishda buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qo'llanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi to'g'risidagi masala qo'yilishi mumkin.
Qayta ekspertizani tayinlash to'g'risidagi sud ajrimida qayta ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (ilgarigi) ekspertiza xulosasiga qo'shilmaganligi sabablari keltirilishi kerak.
Qayta ekspertiza o'tkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (ilgarigi) ekspertizani o'tkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertiza o'tkazishda hozir bo'lishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishlar o'tkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
96-modda. Qo'shimcha va qayta ekspertizalar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.