Sud dalillarni sudga olib kelish imkoniyati bo'lmagan yoki qiyin bo'lgan, shuningdek ashyoviy dalillar tez buziladigan hollarda, ularni ko'zdan kechirishini va tekshirishini ular joylashgan yerda amalga oshirishi mumkin.
Oziq-ovqatlar va tez buziladigan boshqa ashyolar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud tomonidan darhol ko'zdan kechiriladi. Bunday ashyolar ko'zdan kechirilganidan keyin kimdan olingan bo'lsa, o'sha shaxslarga qaytariladi yoki ulardan o'z o'rnida foydalanishi mumkin bo'lgan boshqa shaxslarga beriladi. Ashyolar boshqa shaxslarga berilgan taqdirda, ularning egasiga o'sha xildagi va sifatdagi buyumlar yoki ularning qaytarish paytidagi bahosi bo'yicha qiymati qaytarib berilishi kerak.
Zarur hollarda, dalillarni ko'zdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
93-modda. Tez buziladigan ashyoviy dalillarni ko'zdan kechirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.