Fuqarolik protsessual kodeksi

419⁷-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni

Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) shikoyat (protest) yo'llanilayotgan taftish instantsiyasi sudining nomi; 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili); 3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatini qabul qilgan sud; 4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning noto'g'riligi nimadan iborat ekanligi; 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi; 6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ro'yxati. Taftish tartibidagi shikoyatni shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Taftish tartibidagi protest uni keltirgan prokuror tomonidan imzolangan bo'lishi kerak. Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko'rsatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.