Taftish tartibidagi shikoyatga quyidagilar ilova qilinadi:
davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjat;
taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan hollarda, uning imzolashga bo'lgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Prokuror ishtirokisiz ko'rilgan ish bo'yicha taftish tartibidagi protestga ushbu Kodeks 419⁴-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan shaxslarning protest keltirishga asos bo'lib xizmat qilgan murojaatining ko'chirma nusxasi ilova qilinadi, bundan qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ishlar mustasno.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko'chirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan taftish tartibidagi shikoyat (protest) mustasno.
Zarur hollarda, sudya taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs zimmasiga shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ko'chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Sudning arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish to'g'risidagi, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish to'g'risidagi ajrimlari ustidan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qaytarilgan ariza, shikoyat (protest) va sudga ularni taqdim etish chog'ida unga qo'shib berilgan hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga g'ayriqonuniy ravishda o'tkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash to'g'risidagi sudning hal qiluv qarori ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik protsessual kodeksi
419⁸-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar
(419⁸-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.