Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
shartnoma bo'yicha ishonchli boshqarishga beriladigan mol-mulk ro'yxati;
foyda oluvchi to'g'risidagi ko'rsatma;
ishonchli boshqaruvchining hisobotlar taqdim etish muddatlari;
ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda mol-mulkni oladigan shaxs;
agar haq to'lash shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa, ishonchli boshqaruvchiga to'lanadigan haqning miqdori va shakli.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar bo'lmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq bo'lmagan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom bo'lganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish to'g'risidagi arizasi bo'lmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Ishonchli boshqarishga topshiriladigan ayrim turdagi mol-mulklar uchun qonunda shartnoma amal qilishining boshqa eng ko'p muddatlari belgilab qo'yilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
853-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining muhim shartlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.