Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Ko'chmas mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi ko'chmas mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma uchun nazarda tutilgan shaklda va tartibda tuziladi. Ko'chmas mulkka egalik huquqining boshqa shaxsga o'tishi qaysi tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilsa, bu mulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki ko'chmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni ro'yxatga olish talabiga rioya qilmaslik, uning haqiqiy bo'lmasligini keltirib chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
854-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining shakli
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.