Quyidagilar mol-mulkni ishonchli boshqarish muassislari bo'ladilar:
mol-mulkning egasi;
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqiga ega bo'lgan shaxs;
vakolatli davlat organi davlat mulki bo'lgan mol-mulkka nisbatan;
qonunda nazarda tutilgan hollarda — notarius, vasiylik va homiylik organi, sud yoki boshqa vakolatli organ.
Quyidagilar ishonchli boshqaruvchi bo'lishlari mumkin:
fuqaro;
yuridik shaxs.
Mol-mulk davlat organiga ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin emas.
Ishonchli boshqaruvchi faqat o'z roziligi bilangina tayinlanishi mumkin.
Ishonchli boshqaruvchidan tashqari har qanday shaxs foyda oluvchi bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
852-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish sub'yektlari
(Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонунига асосан 852-модда биринчи қисми бешинчи хатбошисининг чиқарилиш санаси 2025 йил 8 май — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.