Ishonchli boshqarish ob'yektlari korxonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, ko'chmas mulkka mansub bo'lgan alohida ob'yektlar, qimmatli qog'ozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat bo'lishi mumkin.
Qonunda ko'zda tutilgan hollarni istisno etganda, pul ishonchli boshqarishning mustaqil ob'yekti bo'la olmaydi.
Operativ boshqaruvda bo'lgan mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilishi mumkin emas. Operativ boshqaruvda bo'lgan mol-mulk uni operativ boshqaruvda saqlab turgan yuridik shaxs tugatilganidan yoki mol-mulkka nisbatan operativ boshqaruv huquqi bekor qilinganidan hamda u qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra mulkdorning egaligiga o'tganidan keyingina ishonchli boshqaruvga topshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
851-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish ob'yekti
(851-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.