Fuqarolik kodeksi

505-modda. Hadyani cheklash

(505-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Yuridik shaxs operativ boshqarish huquqi asosida o'ziga qarashli bo'lgan ashyoni, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, mulkdorning roziligi bilan hadya etishga haqli. Bu cheklash qiymati katta bo'lmagan odatdagi sovg'alarga taalluqli emas. Umumiy birgalikdagi mulkni hadya qilishga ushbu Kodeksning 225-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda umumiy birgalikdagi mulkning barcha ishtirokchilari roziligi bilan yo'l qo'yiladi. Hadya qiluvchiga tegishli uchinchi shaxsdan talab qilish huquqini hadya qilish ushbu Kodeks 313-317, 319 va 320-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Ijara huquqini yoki boshqalarning ashyosiga o'zgacha huquqni uning mulkdorining yoki unga nisbatan operativ boshqarish huquqiga ega bo'lgan shaxsning roziligisiz hadya qilishga, agar bunday huquqqa asos bo'lgan qonunda yoki shartnomada uni mazkur shaxslar roziligisiz boshqa shaxslarga berish taqiqlanmagan bo'lsa, yo'l qo'yiladi. Hadya olayotgan shaxs o'rniga uning uchinchi shaxs oldidagi majburiyatini bajarish yo'li bilan hadya qilish ushbu Kodeks 241-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Hadya oluvchining uchinchi shaxsdan qarzini hadya qiluvchining o'ziga olishi yo'li bilan hadya qilish ushbu Kodeks 322-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Hadya oluvchining nomi va hadya narsasi ko'rsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshirish ishonchnomasi o'z-o'zidan haqiqiy emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.