Fuqarolik kodeksi

506-modda. Hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortish

Agar shartnoma tuzilgandan so'ng hadya qiluvchining moddiy ahvoli jiddiy yomonlashgan bo'lsa, u kelajakda hadya oluvchiga ashyoni yoki mulk huquqini berish yo bo'lmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish va'da qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Ushbu Kodeks 507-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarda hadya qiluvchi kelajakda hadya oluvchiga ashyoni yoki mulk huquqini berish yo bo'lmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish va'da qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarda hadya qiluvchining hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortishi hadya oluvchiga zararni qoplashni talab qilish huquqini bermaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.