Fuqarolik kodeksi

504-modda. Hadya shartnomasining shakli

(504-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Hadya qilish, ayni paytda hadyani hadya oluvchiga topshirish og'zaki amalga oshirilishi mumkin, ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Hadyani topshirish uni taqdim qilish, ramziy topshirish (kalit va hokazolarni taqdim qilish) yoki huquqni belgilaydigan hujjatlarni taqdim etish yo'li bilan amalga oshiriladi. Ko'char mulkni hadya qilish shartnomasi: hadya qiluvchi yuridik shaxs bo'lganida; fuqarolar o'rtasida bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganda; shartnomada kelajakda hadya etish va'da qilingan hollarda oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda og'zaki tuzilgan hadya shartnomasi o'z-o'zidan haqiqiy emas. Ko'chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim. Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim bo'lgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.