Fuqarolik kodeksi

468-modda. Energiya ta'minoti shartnomasi

(468-модданинг манти Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 мартдаги ЎРҚ-1044-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.03.2025 й., 03/25/1044/0224-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 июнь)

Energiya ta'minoti shartnomasiga muvofiq energiya bilan ta'minlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga (iste'molchiga) energiya berib turish majburiyatini oladi, abonent esa qabul qilingan energiya haqini to'lash, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan energiya iste'mol qilish tartibiga rioya etish, tasarrufidagi energetika shoxobchalaridan foydalanish xavfsizligini hamda o'zi foydalanadigan energiya iste'mol qiluvchi asbob va uskunalarning sozligini ta'minlash majburiyatini oladi. Energiya ta'minoti shartnomasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.