Agar kontraktatsiya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tayyorlovchi yetishtiruvchi joylashgan yerda undan qishloq xo'jaligi mahsulotini qabul qilishi (qabul qilib turishi) va olib ketishni ta'minlashi (ta'minlab turishi) shart.
Agar qishloq xo'jaligi mahsuloti tayyorlovchi joylashgan yerda yoki u ko'rsatgan boshqa yerda qabul qilinsa, tayyorlovchi yetishtiruvchi tomonidan kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq va shartlashilgan muddatda keltirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotini qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas.
Tayyorlovchi qishloq xo'jaligi mahsulotini olib ketishni yoki qabul qilib olishni ta'minlamagan taqdirda yetishtiruvchiga qishloq xo'jaligi mahsulotining qiymatini va uni keltirish xarajatlarini to'laydi.
Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq olingan qishloq xo'jaligi mahsulotini qayta ishlaydigan tayyorlovchi yetishtiruvchining talabiga ko'ra qishloq xo'jaligi mahsulotini qayta ishlash chiqindilarini taraflar kelishgan narxda yetishtiruvchiga qaytarishi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
467-modda. Tayyorlovchining majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.