Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undipuvni qarzdor garov bilan ta'minlangan majburiyatni o'zi javobgap bo'lgan vaziyatlarda bajarmagan yoki lozim dapajada bajarmagan taqdirda garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish mumkin.
Agar garov bilan ta'minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas bo'lsa va shu tufayli garovga oluvchining talablarining miqdori garovga qo'yilgan mol-mulkning qiymatiga mutlaqo mos kelmasa, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Garov bilan ta'minlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtning o'zida mavjud bo'lgan taqdirda, juda arzimas deb hisoblanadi:
1) agar garov bilan ta'minlangan, qarzdor tomonidan qoplanmagan majburiyatning summasi garov qiymatining o'n besh foizidan kamroqni tashkil qilsa;
2) agar garov bilan ta'minlangan majburiyat bajarilishining kechikishi ketma-ket uch oydan oshmagan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
279-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish asoslari
(279-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 22 апрелдаги ЎРҚ-1060-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.04.2025 й., 03/25/1060/0373-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.