Garovga oluvchi o'z ixtiyorida bo'lgan yoki bo'lishi lozim bo'lgan garovga qo'yilgan mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egallashidan, shu jumladan garovga qo'yuvchining egallashidan talab qilib olishga haqli (ushbu Kodeksning 228, 229, 230, 232-moddalari).
Shartnoma shartlariga ko'ra garovga oluvchiga o'ziga topshirilgan garov narsasidan foydalanish huquqi berilgan hollarda u boshqa shaxslardan, shu jumladan garovga qo'yuvchidan ham, o'z huquqining har qanday buzilishini bartaraf etishni, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmasa ham (ushbu Kodeksning 231, 232-moddalari), talab qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
278-modda. Garovga oluvchining garov narsasiga bo'lgan o'z huquqlarini himoya qilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.