Fuqarolik kodeksi

28-modda. Emansipatsiya

O'n olti yoshga to'lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan bo'lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan bo'lsa, u to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxsni to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilish (emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik bo'lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi. Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari bo'yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo'yicha javobgar bo'lmaydilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.