Ma'naviy zarar pul bilan qoplanadi.
Ma'naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma'naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to'lashga asos bo'lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari e'tiborga olinishi lozim.
Jismoniy va ma'naviy azoblarning xususiyati ma'naviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi.
Ma'naviy zarar to'lanishi lozim bo'lgan mulkiy zarardan qat'i nazar qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1022-modda. Ma'naviy zararni qoplash usuli va miqdori
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.